Quvasoy shahrida kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilmoqda








Quvasoy shahar hokimligi katta majlislar zalida boʻlib oʻtayotgan muloqotda viloyat soliq boshqarmasi boshligʻining birinchi o‘rinbosari Anvarjon Botiraliyev, shahar hokimi o‘rinbosari Salimjon Nishanqulov hamda tegishli soha mas'ullari tadbirkorlarning taklif va muammolarini eshitmoqdalar. Davlatimiz rahbari 2025-yil 19-mart kuni kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuv oʻtkazib, mazkur yoʻnalishdagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash - bizning strategik yoʻlimiz. Fargʻona viloyatida ham tadbirkorlikni rivojlantirishga, ularga koʻmakchi boʻlishga muhim e’tibor qaratilmoqda. Hududlarda oʻtkazilayotgan uchrashuvlarda har bir tadbirkorning murojaati va takliflari qoʻllab-quvvatlanmoqda. Quvasoy shahrida oʻtkazilayotgan mazkur mavzudagi uchrashuvda 40 nafarga yaqin tadbirkorlar va ishbilarmonlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolar oʻzlarini qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish maqsadida ishtirok etmoqdalar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




“Guldasta” raqs ansamblining xalqaro tanlovdagi yutuqlari – faxrimiz!


Farg‘ona tumanida «Hokim va yoshlar uchrashuvi» bo‘lib o‘tdi