Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

Tuman tarixi

Region image
Oltiariq tumani – Fargʻona viloyatidagi eng mashhur va iqtisodiyoti barqaror tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Jan.dan Fargʻona, shim.dan Namangan viloyati, gʻarb va shim.gʻarbdan Rishton, Buvayda hamda Bagʻdod, shim.-sharkdan Oxunboboyev, Yozyovon tumanlari va jan.dan Qirgʻizistonning Qadamjoy tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,63 ming km². Aholisi 266 ming kishi (2023). Oltiariq tumanida 1 shahar:(Tinchlik), 7 ta shaharcha :Oltiariq ,Poloson, qapchugay, zilha, jorak Fayzobod, eskiarab . 6 qishloq : povulgon, oqboyra, yangiqorgon, katput, Qiziltepa, Oxunboboyev. Tabiati - Tuman hududining jan. adirlar, soylarning yoyilmalari, kumli shoʻrxoklardan iborat. Adirlar va adir etaklarining balandligi 500-700 m. Bu yerlar togʻlardan oqib tushadigan koʻp soylarning qad. konglomeratlaridan – Soʻx svitasi komplekslaridan tarkib topgan (qalinligi 80-200 m). Adirlarning Markaziy Fargʻona tekisliklariga qoʻshilib ketgan qanotlari yoyilma koʻrinishida boʻlib, toshli-shagʻalli, gilli va qumoq jinslardan iborat. Ularning hammasi antropogen davrining turli yoshdagi yotqiziqlaridir. Shim. qismining relyefi keng tekislik boʻlib, yuzasini qum, gil, oʻnlab m chuqurlikda toshli-shagʻalli jinslar qoplab yotadi. Ularning tagida 400 m kalinlikda paleogen davrining karbonatli dengiz choʻkindilari bor. Iklimi quruq, sershamol, bahor va kuzda shamol boʻladi (tezligi sekun-diga 12-15 m). Yillik oʻrtacha temperatura18°, iyulda 31—40°, eng yuqori temperatura 55°, yanvarda oʻrtacha temperatura —2°, eng past temperatura —23°. Vegetatsiya davri 210 kun. Yillik yogin 100-180 mm. Adir va adir etaklarida och boʻz, toʻq boʻz, qoʻngʻir boʻz, markaziy va shim. qismida oʻtloqi, oʻtloqibotqoq shoʻrxok tuproklar tar-qalgan. Yovvoyi oʻsimliklardan adirlarda shuvoq, bahorda efemer va efemer-oidlar, markaziy va shim. qismidagi qumliklarda shoʻra, yulgʻun, selin, yan-toq va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, quyon, tulki, olmoxon, tipratikan, oʻqilon, chiporilon, burgut, boyoʻgʻli, kalxat, qiygʻir va boshqa bor. Tumanning ekin maydonlari Oltiariqsoy, Jan. Fargʻona, Katta Fargʻona, Katta Andijon, Soʻx-Shohimardon kanallaridan suv oladi. „Qoʻrgʻontepa“, „Keng koʻl“ suv omborlari qurilgan. Choʻl qismida yirik mineral suv havzasi bor.Aholisi - Aholisi, asosan, oʻzbeklar (93,5%), shuningdek, tojik (4, qirgʻiz (1,9%), rus, koreys, arman, yapon, xitoy, nemis, chuvash, qozoq, ozarbayjon, ukrain va boshqa millat vakillari (1,1%) Ham yashaydi. 1 km² ga oʻrtacha 263 kishi toʻgʻri keladi. Shahar aholisi 168,3 ming, qishloq aholisi 55,4 ming kishi istiqomat qiladi. Iqtisodiyoti - Oltiariq tumani viloyatning markaziy qismida joylashganligi, muhim transport yoʻllarining oʻtganligi, iqlim sharoitining qulayligi tu-manda ishlab chiqarish, dehqonchilik va tadbir-korlik, madaniymaishiy sohalari va savdo-iqtiso-diy munosabatlarining rivojlani-shiga muhim omil boʻlmokda. Oltiariq tumani korxonalari va turli muassasalar Oltiariq shaharchasi, Tinchlik shahri, Qapchigʻay, Fayziobod qishloqlarida joylashgan. Tumanda respublikadagi dastlabki korxonalardan hisoblangan Oltiariq neftni qayta ishlash va Oltiariq paxta tozalash zavodlari, shuningdek, „Qiziltepa“ mineral suv qadoqlash zavodi, , „ Xamza“ mineral suv qadoqlash zavodi, „Spring“ suv qadoqlash zavodi, vagonlarni bugʻlab yuvish korxo-nasi, Qapchigʻay temir-beton buyumlari zavodi, Poʻlatobod gʻisht ishlab chiqarish zavodi, Fayziobod qurilish kombinatlari (2 ta), 2 mexanizatsiyalashgan qurilish tashkiloti, MTP lari, 2 avtokorxo-na, avtomobil yoʻllarini qurish, non mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari va boshqa mavjud.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba-YakshanbaO'zbekiston Respublikasi, Farg'ona viloyati, Oltiariq tumani, Oltiariq shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 432 20 34Hokimlik faks raqami: (0373) 432 16 43Elektron pochta: info@oltiariq.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 23.02.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft