Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar




Farg‘ona tumani prokurori Oybek Toshpo‘latov tomonidan viloyat prokurorining 2025-yil 10-apreldagi 3-F-sonli farmoyishi ijrosini ta‘minlash maqsadida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, «og‘ir toifa»ga kiruvchi yoshlar bilan individual ishlash, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, huquqiy savodxonligini oshirish hamda mavjud muammolarini o‘rganish maqsadida uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Mazkur chora-tadbirlar doirasida Farg‘ona tumanining «Yuqori Vodil» mahallasida istiqomat qiluvchi A.R. doimiy ish o‘rniga ega bo‘lishi uchun savdo-sotiq majmuasiga ishga joylashtirildi. «Chimyon» mahallasida yashovchi Z.N. hamda «Yoyilma» mahallasida probasiya nazoratida bo‘lgan S.J.ning muammolari joyida tinglanib, ularning echimi bo‘yicha mas‘ul mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi va ijrosi qat‘iy nazoratga olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


PAXTADAN YuQORI DAROMAD OLING – PREZIDENTIMIZ YaRATIB BERGAN

Oltiariq tumanida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirokida

Oltiariqlik OTM bitiruvchilari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Fayziobod MFY da tadbirkorlar ishtirokida "Sayyor qabul" o‘tkazildi.