Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1512025-04-16 21:28

Farg‘ona tumanida tabiiy gaz tarmoqlaridagi kamchiliklar aniqlanib, bartaraf etilmoqda

Aholiga xavfsiz va uzluksiz tabiiy gaz etkazib berilishini ta‘minlash maqsadida Farg‘ona tuman prokuraturasi hamda «Farg‘onatumangaz» bo‘limi xodimlari hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazildi. Tadbir doirasida “Oqtepa“ mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan va 3 500 nafar aholini tabiiy gaz bilan ta‘minlovchi er osti gaz quvurlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik natijalariga ko‘ra, diametri 89 mm bo‘lgan gaz quvurlarida turli o‘lchamdagi jami 4 ta yorilish holatlari aniqlangan. Mazkur nosozliklar aholi salomatligi, xavfsizligi va gaz ta‘minotining uzluksizligi nuqtai nazaridan jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligi bois, ularni zudlik bilan bartaraf etish ishlari boshlanib, mutasaddi tashkilotlar tomonidan zarur ta‘mirlash va tiklash ishlari olib borilmoqda. Tadbirlarda gaz tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash, nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash va tezkor choralar ko‘rish ustuvor vazifa etib belgilangan. Shu kabi hamkorlikdagi nazorat tadbirlari orqali Farg‘ona tumanida tabiiy gaz ta‘minotining xavfsizligi va barqarorligi oshib borayotgani aholi farovonligiga xizmat qilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba-YakshanbaO'zbekiston Respublikasi, Farg'ona viloyati, Oltiariq tumani, Oltiariq shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 432 20 34Hokimlik faks raqami: (0373) 432 16 43Elektron pochta: info@oltiariq.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 19.04.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft