Farg‘ona tumanida «Hokim va yoshlar uchrashuvi» bo‘lib o‘tdi










Farg‘ona tumani hokimligida tuman hokimi Xamidullo Inomov boshchiligida navbatdagi «Hokim va yoshlar uchrashuvi» bo‘lib o‘tdi. Tadbirda «Aloqabank» Farg‘ona hududiy kompleks xizmatlar ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i X.Ohunjonov, Milliy bank Farg‘ona hududiy boshqarmasi vakillari, Farg‘ona davlat universitetining mas‘ul rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, Yoshlar ishlari bo‘limi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi mutasaddilari, tuman tijorat banklari vakillari, mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi yoshlar etakchilari hamda oliy ta‘lim muassasalarining bitiruvchi yoshlari ishtirok etdilar. Uchrashuvni ochib bergan tuman hokimi Xamidullo Inomov o‘z nutqida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati so‘nggi yillarda izchil rivojlanib borayotganini, ayniqsa ularning huquqiy manfaatlarini himoya qilish, ish bilan ta‘minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yosh oilalarni mustahkamlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganini ta‘kidladi. Uchrashuv davomida ishtirokchi yoshlar tomonidan bir qator dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Jumladan, ishga joylashish, startap loyihalarni amalga oshirishda moliyaviy ko‘mak, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, kasb-hunarga yo‘naltirish kabi masalalar ko‘tarildi. Qator murojaatlar joyida hal etilgan bo‘lsa, muayyan vaqt va resurs talab etadigan masalalar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi va ijrosi ustidan qat‘iy nazorat o‘rnatildi. Shuningdek, uchrashuvda oliy ta‘lim muassasalarini bitiruvchi yoshlarni o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashtirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish vazifasi tuman mutasaddilariga yuklatildi. Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning ehtiyoj va tashabbuslarini amaliy qo‘llab-quvvatlashda muhim qadam bo‘ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


PAXTADAN YuQORI DAROMAD OLING – PREZIDENTIMIZ YaRATIB BERGAN

Oltiariq tumanida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirokida

Oltiariqlik OTM bitiruvchilari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Fayziobod MFY da tadbirkorlar ishtirokida "Sayyor qabul" o‘tkazildi.