Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1492025-04-16 19:30

“Guldasta” raqs ansamblining xalqaro tanlovdagi yutuqlari – faxrimiz!

2025-yil 13-aprel kuni Toshkent shahri O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi katta zalida o‘tkazilgan “AD-LIBITUM” nomli ko‘p janrli Xalqaro tanlov-festivalida Farg‘ona tumani 26-Bolalar musiqa va san‘at maktabining “Xoreografiya” bo‘limi o‘quvchilari munosib ishtirok etishdi. Mazkur ijodiy jamoa – “Guldasta” raqs ansambli Erkinoy Xasanova boshchiligida tanlovning “Xoreografiya” yo‘nalishi bo‘yicha 3 ta raqs ijrosini namoyish etdi va 2 ta yo‘nalishda 1-o‘rin, 1 ta yo‘nalishda oliy o‘rin “Grant pri” mukofotini qo‘lga kiritishdi. Ushbu yuksak natijalar — o‘quvchilarning iste‘dodi, murabbiylar fidoyiligi hamda maktab jamoasining sa‘y-harakatlari samarasi bo‘lib, Farg‘ona tumani obro‘sini yana bir bor yuksaltirdi. Farg‘ona tumani hokimligi maktab ma‘muriyati, o‘quvchilar va ularning ustozlariga minnatdorchilik bildiradi hamda ijodiy faoliyatlarida yanada yuksak cho‘qqilarni zabt etishlarini tilaydi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba-YakshanbaO'zbekiston Respublikasi, Farg'ona viloyati, Oltiariq tumani, Oltiariq shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 432 20 34Hokimlik faks raqami: (0373) 432 16 43Elektron pochta: info@oltiariq.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 19.04.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft