Bosma nashrlar: tajriba, muammo, echim” mavzusida mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi







Beshariq tumanida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni bilan tanishish maqsadida press-tur hamda “Bosma nashrlar: tajriba, muammo, echim” mavzusida mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi va tuman hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda vodiy viloyatlaridan kelgan jurnalistlar ishtirok etishdi. Anjuman qatnashchilari dastlab tumandagi “Trust agro” mevani qayta ishlash korxonasi, so‘ngra “Vodiy naslli parranda” MChJ va “Sherwood” korxonasi faoliyati bilan tanishdilar. Mazkur korxonalarda amalga oshirilayotgan ishlar, innovasion loyihalar va aholini ish bilan ta‘minlash borasidagi tashabbuslar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Shundan so‘ng ishtirokchilar “Beshariq tongi” gazetasi binosidagi sharoitlar bilan tanishdilar. Mazkur gazeta tahririyati uchun tuman hokimligi tashabbusi bilan barcha sharoitlari muhayyo qilingan zamonaviy bino qurilib, foydalanishga topshirildi. Shuningdek, anjuman ishtirokchilari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tahririyat hovlisiga mevali va manzarali daraxtlar ekishdi. Press-tur qatnashchilari tuman madaniyat markazida tashkil etilgan taniqli karikaturachi-rassom Mahmudjon Eshonqulovning ko‘rgazmasi bilan tanishdilar. Beshariq tumani hokimligi kichik majlislar zalida tuman hokimi Rasuljon Jo‘raev ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Tuman hokimi Beshariqda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma‘lumotlar berdi. Muassisligidagi gazetani har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani uchun tuman hokimi viloyat hokimligi hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlarining chegaralari tutashgan nuqtasida barpo etilgan Do‘stlik stellasini borib ko‘rishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Farg‘ona va Omsk viloyatlari o‘rtasida hamkorlik yangi bosqichda davom etadi


Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy-ma‘rifiy turizm markazining qurilishiga kirishildi