Farg‘ona va Omsk viloyatlari o‘rtasida hamkorlik yangi bosqichda davom etadi








Farg‘ona va Omsk viloyatlari o‘rtasida hamkorlik yangi bosqichda davom etadi Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegasiya rasmiy tashrif bilan Rossiya Federasiyasining Omsk viloyatida bo‘ldi. Tashrif doirasida Farg‘ona delegasiyasining Omsk viloyati hukumati rasmiylari bilan uchrashuvi tashkil etildi. Muloqotda ta‘lim, turizm, sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti, aholi bandligi kabi muhim yo‘nalishlardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Mazkur tashrif ikki hudud o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lgani e‘tirof etildi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugungi kunda O‘zbekiston - Rossiya munosabatlari yangi bosqich – ko‘pqirrali strategik ittifoqchilik va ishonchli hamkorlik darajasiga ko‘tarilganini qayd etib, hududlararo aloqalar faollashayotganini bildirdi. Viloyatimizda Rossiya Federasiyasi bilan hamkorlikda 122 ta korxona faoliyat olib borayotgani, o‘tgan yilda 26 ta loyiha amalga oshirilib, 113 mln dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya jalb etilganini ma‘lum qildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar yangi bosqichda davom etishini bildirib, ikki hudud o‘rtasida savdo-iqtisodiy qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, turizm, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti, IT, tibbiyot kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalariga e‘tibor qaratdi. Ikki viloyatning Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida doimiy ko‘rgazma-yarmarkalar, forumlar va hunarmandchilik tadbirlarini tashkil etish, omsklik tadbirkorlarni Farg‘onaga borib, iqtisodiy-investisiyaviy imkoniyatlar bilan tanishish, hamkorlikda loyihalarni amalga oshirishni taklif qildi. Muloqotda Omsk va Farg‘onadagi oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida dual ta‘limni yo‘lga qo‘yish, tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash, talabalarga yuqori darajadagi bilim va amaliy tajriba olish imkonini yaratish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. Mazkur uchrashuvda videokonferensaloqa tizimi orqali ishtirok etgan Omsk viloyati gubernatori Vitaliy Xosenko ikki hudud hamkorligini yanada rivojlantirishni, qo‘shma dastur va loyihalar amalga oshirilishini bildirdi. Taqdimotlar davomida har ikki hududning mavjud salohiyati va imkoniyatlari haqida atroflicha ma‘lumotlar berildi. Hamkorlikda yangi loyihalarni boshlash, ishlarni jadallashtirishga kelishib olindi. Shuningdek, tadbirlar doirasida biznes vakillari bilan ham samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Rossiya Federasiyasining iqtisodiy rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Dmitriy Volьvach hamda O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federasiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov ishtirok etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Poloson MFYda tadbirkorlar ishtirokida "Sayyor qabul" o‘tkazildi.


HOKIM QABULI: HAR BIR MUROJAAT – E‘TIBORDA! Oltiariq tuman


KO‘P QAVATLI UYLARDAGI MUAMMOLARNI BSK TOMONIDAN BARTARAF ETIShGA KIRIShILDI

Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining qarori