Viloyat delegasiyasi Omsk viloyatidagi ilg‘or ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishdilar





Farg‘ona viloyati delegasiyasi Omsk viloyatidagi ilg‘or ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishdilar Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov rahbarligidagi delegasiya a‘zolari tashrif doirasida Omsk innovasion texnologiyalar zavodida bo‘ldi. Mazkur korxona 2012 yilda tashkil topgan bo‘lib, markaziy isitish qozonlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Qozog‘iston, O‘zbekiston, Belarus davlatlariga mahsulotlar etkazib berilmoqda. Navbatdagi tashrif "Makoshь" sanoat zonasiga amalga oshirildi. Uning hududi 221 gektar bo‘lib, asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va logistika tizimiga ega. Safar chog‘ida delegasiya a‘zolari mazkur sanoat ob‘ektlaridagi ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologik liniyalar hamda eksport salohiyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, korxona rahbarlari va mahalliy investorlar bilan o‘tkazilgan muloqotlarda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilinib, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Poloson MFYda tadbirkorlar ishtirokida "Sayyor qabul" o‘tkazildi.


HOKIM QABULI: HAR BIR MUROJAAT – E‘TIBORDA! Oltiariq tuman


KO‘P QAVATLI UYLARDAGI MUAMMOLARNI BSK TOMONIDAN BARTARAF ETIShGA KIRIShILDI

Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining qarori