Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

472025-07-03 09:49

Prezident Farmoni va Vazirlar Mahkamasi Qarori yuzasidan Ochiq muloqot

Oltiariq tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19-iyunь PF-95-sonli "Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondoshuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 25 aprelь 212-sonli “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini boshqarish bo‘yicha faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta‘minlash bo‘yicha vazifalar yuzasidan Ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda tuman hokimligi mutasaddilari, masalaga daxldor bo‘limlar rahbarlari, bosh mutaxassislar hamda "Davr ovozi" gazetasi tahririyati va axborot xizmati rahbarlari ishtirok etdi.
Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari I.Nishonov tomonidan Prezident farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalar haqida fikr yuritildi. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari I.G‘ofurov mazkur Farmon va Qaror davlat fuqarolik xizmati va mahalliy ijro hokimiyati organlari xodimlarining mavqei va mas‘uliyatini oshirishi, natijadorlikka erishish hamda aholining davlat xizmatlariga ishonchini orttirishga xizmat qilishi haqida ta‘kidladi.
Ochiq muloqot davomida mutasaddilar tomonidan chora-tadbirlar belgilandi.

Oltiariq tuman hokimligi Axborot xizmati.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba-YakshanbaO'zbekiston Respublikasi, Farg'ona viloyati, Oltiariq tumani, Oltiariq shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 432 20 34Hokimlik faks raqami: (0373) 432 16 43Elektron pochta: info@oltiariq.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 04.07.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft