“Dolzarb 90 kun” loyihasi – amalda







Mamlakatimizda o‘quvchi-yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularni madaniy, ma’rifiy va sport tadbirlariga faol jalb qilish maqsadida davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan "Dolzarb 90 kun" loyihasi O‘zbekiston tumanida ham ko‘tarinkilik bilan davom etmoqda.
Xususan, tuman hokimligi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi, madaniyat boʻlimi hamda boshqa muassasalar hamkorligida 7-sonli umumta’lim maktabida tashkillangan "Ezgulik-shiorimiz, maʼrifat-qurolimiz!" mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir ham mazmunga boy oʻtdi.
Loyiha doirasidagi "Ranglar jilosi", “Kinokarvon” loyihasi, kompyuter savodxonligi, kitobxonlik hamda kurash va shaxmat-shashka kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalarda o‘g‘il-qizlar faol ishtirok etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

#Oltiariq_tumani #Harbiy_vatanparvarlik Askarlik - mardlik va jasorat timsoli

#Oltiariq_tumani #To‘y_marosimlarda_Me‘yoriylik Milliy va diniy an‘analarimiz

#Oltiariq_tumani #Mahallainfratuzilmasi Aholiga qulayliklar yaratildi

#Mahalla_infratuzilmasi Hamjihatlikda gap ko‘p Oltiariq tuman

#Obod_mahalla_brt_ko‘rki Hashar yo‘li bilan mahalla guzari barpo etilmoqda

Tibbiyot xodimlari ishtirokida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi





