Farg‘ona tumanida kitoblar ko‘rgazmasi oldida viktorina o‘yini tashkil etildi






“Kitobxonlik haftaligi” doirasida Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazida navbatdagi qiziqarli tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida kitoblar ko‘rgazmasi oldida maktab o‘quvchilari ishtirokida viktorina o‘yini tashkil etildi.
Viktorina o‘yini savol-javob shaklida o‘tkazilib, unda o‘quvchilarning kitoblar, adabiyot va tarixga oid bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Ishtirokchilar berilgan savollarga to‘g‘ri va faol javob berishga harakat qildilar.
Savollarga to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilarga axborot-kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu esa yosh kitobxonlarning ishtirokini yanada rag‘batlantirdi va ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

#Oltiariq_tumani #Harbiy_vatanparvarlik Askarlik - mardlik va jasorat timsoli

#Oltiariq_tumani #To‘y_marosimlarda_Me‘yoriylik Milliy va diniy an‘analarimiz

#Oltiariq_tumani #Mahallainfratuzilmasi Aholiga qulayliklar yaratildi

#Mahalla_infratuzilmasi Hamjihatlikda gap ko‘p Oltiariq tuman

#Obod_mahalla_brt_ko‘rki Hashar yo‘li bilan mahalla guzari barpo etilmoqda

Tibbiyot xodimlari ishtirokida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi





