Poloson MFYda tadbirkorlar ishtirokida "Sayyor qabul" o‘tkazildi.










O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlari ijrosi yuzasidan Oltiariq tuman Poloson qishlog‘i xududida tadbirkorlar, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Sayyor qabul" o‘tkazildi. Ochiq muloqotda tuman hokimi Sh.Turdaliev, tegishli o‘rinbosarlari, savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari, arxitektura va qurilish bo‘limi, kadastr, kommunal idoralar va ta‘luqli rahbarlar qatnashdi. Tuman hokimi Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlikni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma‘lumot berib o‘tdi. Qabulda 14ta murojaatlar ko‘rib chiqildi. 4 nafar tadbirkorning muammosi ijobiy xal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va xulosalar talab etiladigan murojaatlar yuzasidan ta‘luqli rahbarlarga ko‘rsatma berilib, natijasi bo‘yicha axborot berish masalasi belgilab qo‘yildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


HOKIM QABULI: HAR BIR MUROJAAT – E‘TIBORDA! Oltiariq tuman


KO‘P QAVATLI UYLARDAGI MUAMMOLARNI BSK TOMONIDAN BARTARAF ETIShGA KIRIShILDI

Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining qarori