Oltiariq tuman hokimligi, prokuratura hamda tegishli tashkilotlar mutasaddilari tomonidan










tadbirkorlar ishtirokida "Sayyor qabul" o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta‘minlash yuzasidan Oltiariq tuman Musiqa va san‘at maktabida tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Sayyor qabul" o‘tkazildi. Unda tuman hokimining tegishli o‘rinbosari, tuman prokurori, savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari, arxitektura va qurilish bo‘limi, kadastr, kommunal xizmat idoralari hamda masalaga ta‘luqli tashkilot rahbarlari qatnashdi. Ochiq muloqot davomida 10 nafar tadbirkor fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi. 2 nafar tadbirkorlarning murojaati shu erning o‘zida ijobiy xal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va xulosalar talab etiladigan murojaatlar yuzasidan ta‘luqli rahbarlarga ko‘rsatmalar berilib, natijasi bo‘yicha axborot berish masalasi belgilab qo‘yildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Poloson MFYda tadbirkorlar ishtirokida "Sayyor qabul" o‘tkazildi.

HOKIM QABULI: HAR BIR MUROJAAT – E‘TIBORDA! Oltiariq tuman


KO‘P QAVATLI UYLARDAGI MUAMMOLARNI BSK TOMONIDAN BARTARAF ETIShGA KIRIShILDI

Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining qarori