Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

4702025-04-10 16:36

“Urganji” mahallasi binosining ochilishi bayramga aylanib ketdi

“Urganji” mahallasi binosining ochilishi bayramga aylanib ketdi Buvayda tumanida "Urganji" mahalla fuqarolar yig‘ini uchun zamonaviy barpo etilgan yangi bino foydalanishga topshirildi. Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, nuroniylar, yoshlar, mahalla ahli ishtirok etdi. Mazkur maskanning ochilishi aholi uchun chinakam bayramga aylandi. Dastlab bu erda tashkil etilgan ko‘rgazmalar bilan tanishildi. Viloyat rahbari O‘zbekiston U-17 o‘smirlar terma jamoasi a‘zosi, “Odil juniyor” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi Asilbek Alievning ota-onasi bilan muloqot qildi. Farzandining futboldagi yutuqlari, erishayotgan natijalari uchun ularga minnatdorchilik bildirildi. Ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov so‘z olib, mamlakatimizda mahalla tizimida ulkan islohotlar amalga oshirilayotgani, u xalqchil tuzilma sifatida odamlarni hayotdan rozi qilishda muhim o‘rin tutayotganligini ta‘kidladi. Buvayda tumani tadbirkorlik va ishbilarmonlikda viloyatimizda namuna ekanligi, mahallalarni ixtisoslashayotgani, joriy yilda tumanni ishsizlikdan xoli hududga aylantirishda ko‘plab ishlar qilinayotganligi e‘tirof qilindi. Albatta, ko‘zlangan marralarga erishishda, yurt taraqqiyotida bilimli, zakovatli, milliy qadriyat va an‘analarga sodiq yoshlarni tarbiyalash dolzarb vazifa ekanligi, bunda mahallaning roli muhimligi bildirildi. Yangi mahalla binosi bilan barchani tabriklab, “Urganji" mahallasini har tomonlama rivojiga omad tiladi. Mazkur mahallada 4 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Mahalla binosi 1970 yilda qurilgan bo‘lib, “mahalla ettiligi” 2 xonadan iborat binoda faoliyat yuritib kelayotgan edi. Mahalla ahlining birdamligi, ahilligi hamda tuman prokurorining tashabbusi bilan “Tashabbusli byudjet”da g‘olib bo‘linib, 1 mlrd. 390 mln so‘m mablag‘ ajratilishi hisobiga zamonaviy sharoitlarga ega yangi bino qurildi. Bu erda mahallada yashovchi yoshlar uchun vorkaut maydonchasi barpo etildi. Hududga kuzatuv kameralari ham o‘rnatildi. Ramziy lenta qirqilib, tadbir ishtirokchilari yangi mahalla binosidagi sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba-YakshanbaO'zbekiston Respublikasi, Farg'ona viloyati, Oltiariq tumani, Oltiariq shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 432 20 34Hokimlik faks raqami: (0373) 432 16 43Elektron pochta: info@oltiariq.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 13.04.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft