Oltiariq tumanida yangi "Ikromota" tantanalar majmuasi foydalanishga topshirildi










Majmuaning ochilish marosimi chinakam insonparvarlik va sahovat tadbiri bo‘ldi.
Ko‘p yillar tuman va viloyatda qishloq xo‘jaligi sohasida rahbarlik lavozimlarida sidqidil xizmat qilgan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi marhum Ikromjon Xolmurodovning farzandlari dehqonchilik va tadbirkorlik faoliyati shug‘ullanib, xududda obodonlashtirish ishlarida faol qatnashib keladilar.
Bugun yangi barpo qilgan inshootning ochilishini yana bir savobli ish bilan boshladilar.
Ini-og‘alar kelishib, tuman hokimligi hamda Oila va hotin-qizlar bo‘limi bilan birgalikda tumandagi 17 nafar oila farzandlariga xatna to‘yini ham o‘tkazishdi.
Marosim ishtirokchilari, nuroniylar hamda to‘ybolalarning ota-onalari homiylar va ularning padarbuzrukvori Ikromjon xoji haqqiga duo qildilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Ташаббусли бюджет 2025 йил 3-чорак


Sport musobaqasi yakunlari va madaniy tadbirlar o‘tkazildi

