Sport musobaqasi yakunlari va madaniy tadbirlar o‘tkazildi








Oltiariq tuman MMTB tasarrufidagi 6-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida 1-oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida "tuman hokimi kubigi" uchun mahalla yoshlari va pedagoglar jamoasi ishtirokida futbol musobaqasi shuningdek, marhum Abdulhakim Qahhorov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan turnir yakuni bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oltiariq tuman hokimi Shamsiddin Turdaliev tuman MMTB mutasaddilari va 6-maktabda faoliyat ko‘rsatib, nafaqaga chiqqan faxriy ustozlar tashrif buyudilar.
Maktabni qayta ta‘mirlash ishlarida faol qatnashgan tadbirkorlar, g‘olib futbol jamoasi va maktabda namunali faoliyat ko‘rsatayotgan bir guruh ustozlarga tuman hokimi tomonidan "Tashakkurnoma" hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!