Sud majlislarida masofdan turib qatnashishining huquqiy asoslari yaratildi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda sudlov faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar fuqarolarning o‘z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan sudlarga murojaat qilishini liberallashtirish, umuman odil sudlovga erishish darajasini oshirish, shuningdek sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash imkonini bermoqda. Natijada ariza berish, ishda masofadan ishtirok etish, sud hujjatlarini olish va ishlarning ko‘rilishi haqida ma’lumot olish kabi xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining interaktiv xizmatlar portali orqali elektron shaklda amalga oshirilmoqda. Biroq, bugungi kunda videokonferensaloqa rejimida o‘tkaziladigan sud majlislarida mobil videokonferensaloqa tizimidan foydalanishning huquqiy asoslari prosessual qonunchiligimizda nazarda tutilmagan edi. O‘zbekiston Respublikasining 2025 yil 11 martdagi “Aholiga sud muhokamalarida masofadan ishtirok etish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1047-sonli qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy prosessual kodeksiga sud majlislarida masofadan turib qatnashishining huquqiy asoslari nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritidi. Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishini ta’minlash uchun ko‘rsatilgan shaxslarning yashash joyi, joylashgan yeri yoki turgan joyi bo‘yicha tegishli sudlarning videokonferensaloqa tizimlaridan yoxud ishni ko‘rayotgan sudning mobil videokonferensaloqa tizimidan foydalanilishi mumkinligi, videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etayotgan guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga o‘z huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi tushuntirilganligi audio- va videoyozuv orqali qayd etilishi va bu haqda sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatilishi belgilandi. Qonunchilikka kiritilgan mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sud majlislarida masofdan turib qatnashish huquqlarining ta’minlanishiga xizmat qiladi. Ibroximjon Tursunov, O‘zbekiston tumanlararo iqtisodiy sudi raisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Oltiariq tumani axborot-kutubxona markazida zamonaviy essenavis


PAXTADAN YuQORI DAROMAD OLING – PREZIDENTIMIZ YaRATIB BERGAN

Oltiariq tumanida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirokida

Oltiariqlik OTM bitiruvchilari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.