Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
46
2
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1702025-04-02 11:28

Farg‘ona tumanida «Tilni asra, kitobga mehr qo‘y!» seminar-treningi tashkil etildi

Farg‘ona tumani 3-o‘rta ta‘lim maktabida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida «Tilni asra, kitobga mehr qo‘y!» shiori ostida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda til sofligini saqlash, uni boyitish, nutq madaniyatini rivojlantirish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e‘tibor qaratildi. Seminar davomida tilning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, uning imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish, yosh avlodning ma‘naviy salohiyati va tafakkurini oshirishda kitobxonlikning ahamiyati xususida fikr almashildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimining ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta‘minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova ishtirok etib, til madaniyati va kitobxonlikni rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Seminar ishtirokchilari tilga hurmat, kitobga mehr qo‘yish jamiyatning intellektual va ma‘naviy taraqqiyotida muhim o‘rin tutishini ta‘kidlab, bu borada o‘z taklif va fikrlarini bildirdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba-YakshanbaO'zbekiston Respublikasi, Farg'ona viloyati, Oltiariq tumani, Oltiariq shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 432 20 34Hokimlik faks raqami: (0373) 432 16 43Elektron pochta: info@oltiariq.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 10.04.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft