OLTIARIQ TUMANI MADANIYaT MARKAZIDA "LOYIHALAR YaRMARKASI" O‘TKAZILDI










Agrobank ATB Farg‘ona viloyat boshqarmasi, Oltiariq tuman hokimligi hamda tumandagi tijorat banklari bilan hamkorlikda "Loyihalar yarmarkasi" tashkil etildi. Yarmarkada tumanda faoliyat yuritayotgan korxonalar hamda tadbirkor fuqarolar o‘z biznes loyihalari bilan ishtirok etdilar. Tadbir davomida tijorat banklari tomonidan beriladigan imtiyozli va tijorat kreditlari to‘g‘risida mutaxassislar tomonidan batafsil tushunchalar berildi. Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish istagida bo‘lgan tadbirkorlarning ro‘yxati shakllantirildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan ta‘minlash sohasini tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2025 yil 11-martdagi PQ-100-sonli qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida, yakka tartibdagi aholi xonadonlarida energiya samaradorligini oshirish yuzasidan aholi uchun ko‘rgazmali taqdimot tashkil etildi. Unda muqobil energiya manbalari, quyosh pannellari o‘rnatish uchun tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilishi hamda tavsiya etilayotgan uskunalarning afzalliklari haqida mutaxassislarning batafsil ma‘lumotlari berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


PAXTADAN YuQORI DAROMAD OLING – PREZIDENTIMIZ YaRATIB BERGAN

Oltiariq tumanida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirokida

Oltiariqlik OTM bitiruvchilari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Fayziobod MFY da tadbirkorlar ishtirokida "Sayyor qabul" o‘tkazildi.