Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

Turdaliyev Shamsiddin Askaraliyevich

2022-yil 26-fevraldan buyon Oltiariq tuman hokimi bo’lib ishlab kelmoqda

Batafsil

Tumanning asosiy sohalari

Yengil sanoat

Uzumchilik

Sabzavotchilik

Tibbiy turizm

Yangiliklar

Ochiq ma’lumotlar
Oltiariq tumanidagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2026-yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-bobi hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan tumanda 2026-yil uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6 moddasiga asosan, QARORQILAMAN: 1. Quyidagilar: a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2025-yil 23-iyundagi PF–98-son Farmoniga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish vakolatlari Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga o‘tkazilganligi; b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-son Farmoniga asosan: xo‘jalik yurituvchi subyektlar faqat nogironligi bo‘lgan shaxslar, oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar, kambag‘al oilalar reyestridagi oilalarning a’zolari, muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim shaxslar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlarining majburiy zaxiralari shakllantirilishi, bunda majburiy zaxiralash xodimlar umumiy sonining 3 foizidan oshmasligi hamda xodimlari soni 100 nafardan ortiq bo‘lgan tashkilotlarga nisbatan qo‘llanilishi; budjet tashkilotlari va davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan korxonalar faqat nogironligi bo‘lgan shaxslar, oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar, kambag‘al oilalar reyestridagi oilalarning a’zolari, muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim shaxslar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan shaxslar, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan hamda odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun ish o‘rinlarining majburiy zaxiralari shakllantirilishi, bunda majburiy zaxiralash xodimlar umumiy sonining 7 foizidan oshmasligi hamda xodimlari soni 20 nafardan ortiq bo‘lgan tashkilotlarga nisbatan tatbiq etilishi belgilanganligi rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin. 2. Oltiariq tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda Oltiariq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining Oltiariq tumani hududidagi tashkilotlar bo‘yicha 2026-yilda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ish o‘rinlarini belgilash to‘g‘risidagi quyidagi takliflari ma’qullansin: xodimlar soni 20 nafardan ortiq bo‘lgan davlat tashkilotlarida majburiy zaxiralanadigan ish o‘rinlari soni xodimlar umumiy sonining yetti foizidan oshmagan miqdorda hamda xodimlar soni 100 nafardan ortiq bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda (davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan korxonalar bundan mustasno) majburiy zaxiralanadigan ish o‘rinlari soni xodimlar umumiy sonining uch foizidan oshmagan miqdorida kelgusi yil uchun 343 ta ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish, jumladan: nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 39,2 foiz (134 kishi); oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar uchun 1,4 foiz (5 kishi); kambag‘al oilalar reyestridagi oilalarning a’zolari uchun 56 foiz (192 kishi); muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan shaxslar uchun 1,7 foiz (6 kishi); jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar uchun 1,1 foiz (4 kishi); odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun 0,6 foiz (2 kishi) miqdorida ish o‘rinlarining majburiy zaxiralari shakllantiriladi. 3. 2026-yilda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish maqsadida quyidagilar: davlat tashkilotlari (budjet tashkilotlari va davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan korxonalar) tomonidan majburiy zaxira qo‘yiladigan ish o‘rinlarining manzilli ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq; xodimlarining ro‘yxatdagi o‘rtacha yillik soni yuz nafardan ortiqni tashkil etadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar (davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan korxonalar bundan mustasno) tomonidan majburiy zaxira qo‘yiladigan ish o‘rinlarining manzilli ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlari: zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlari umumiy sonining kamida yigirma besh foizi miqdorida zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarining tayyorligini yil boshlanishidan oldin o‘n kundan kechiktirmay ta’minlashi, shuningdek, bu haqda yil boshlangunga qadar Oltiariq tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limini xabardor qiladi; ish o‘rinlarining qolgan qismini zaxiraga qo‘yish tashkilot (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida ta’minlashi, bu haqda Oltiariq tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limini birinchi chorak tamom bo‘lganidan so‘ng, 10 kundan kechikmay xabardor qiladi; ishga joylashtirish to‘g‘risida Oltiariq tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar axborot taqdim etadi. Zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarini saqlash shartlari O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining 40-moddasiga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta’minlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 14-fevraldagi PQ-64-son qaroriga muvofiq aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslarni ish o‘rinlarining belgilangan eng kam sonidan ortiq miqdorda ishga qabul qilish uchun ish beruvchilarga-har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida subsidiya mablag‘larini to‘lab berilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni 3-,13-,34-,38-,39-,40-,41-moddalariga asosan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga eng kam miqdordagi ish joylarini yaratish yuzasidan qabul qilingan mazkur qarorni bajarmaganlik uchun ish beruvchilar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Nizomning 21-bandi, 2-qismiga asosan, muhtojlar uchun ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish bo‘yicha Oltiariq tumani hokimining qarori bajarilmaganligi uchun jarima to‘lash tashkilotni zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarining belgilangan sonini yaratish bo‘yicha majburiyatdan ozod qilmaydi. 8. Oltiariq tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi (U.Mirzamuxamedov): besh kun muddatda ushbu qaror nusxasini 1 va 2-ilovalarda ko‘rsatilgan tashkilotlar rahbarlarining e’tiboriga yetkazsin va ushbu qaror bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasin. aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash bo‘yicha xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashining ushbu qarori bajarilmaganda, shuningdek, ularni ishga qabul qilish asossiz ravishda rad etilganligi uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish ta’minlansin. 9. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinsin hamda hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin. 10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi o‘rinbosari I.Gafurov zimmasiga yuklatilsin. Oltiariq tumani hokimi Sh.Turdaliyev.
Ochiq ma’lumotlar (Byudjet)
Oltiariq tumani mahalliy budjetining 2025-yil to‘qqiz oylik ijrosi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 99-moddasi va “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24 moddasiga muvofiq Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi QARORQILADI: 1. Tuman mahalliy budjetining 2025-yil to‘qqiz oylik ijrosi haqida tuman Iqtisodiyot va moliya bo’limi boshlig‘i o‘rinbosari A.Abdulazizovning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Tuman mahalliy budjetining 2025-yil to‘qqiz oylik daromadlari rejasi 36 565.0 mln. so’m va bajarilishi 40 770.8 mln. so’m hajmdagi daromadlarni ortiqcha bajarilgan qismi 4 205.8 mln.so‘m shundan (davlat mulkini hususiylashtirishdan tushgan tushumlar 56.9 mln.so‘m, Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan pul mablag‘lari 6.8 mln. so‘m), daromadlar rejasini ortiq bajarilgan qismini foydalaniladigan qismi 4 142.1 mln.so‘m (to‘rt milliard bir yuzi qirq ikki million bir yuz ming so‘m) hamda harajatlari aniqlangan rejasi 153 801.4 mln. so’m va 148 342.1 mln. so’m kassa ijrosi ma’qullansin. 3. Tuman mahalliy budjetining 2025-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag’lari hisobidan ajratilgan mablag’lar 1-ilovaga muvofiq, tuman mahalliy budjet zahira jamg’armalari xisobidan ajratilgan mablag’lar 2-ilovaga muvofiq, daromadlar rejasini ortirib bajarilgan qismi hisobidan ajratilgan mablaglar 3-ilovaga muvofiq, budjet tashkilotlarining 2025-yil birinchi to‘qqiz oylik xarajatlar smetasiga kiritilgan o‘zgarishlar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashining "Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar bo‘yicha" doimiy komissiyasi raisi (Q.Axmedov) hamda tuman hokimining moliya iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari, Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i I.G’ofurov zimmasiga yuklatilsin. 5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Kengash raisi TURDALIYEV SHAMSIDDIN ASKARALIYEVICH
Murojaatlar statsitikasi

Jami murojatlar

13858

Jarayonda

474

Ko'rib chiqilgan

13346

Murojaat yo'llash

Oltiariq tumani investitsion holati

Iqlimi

Minimal harorat

-2 dan 5 C gacha

O'rtacha harorat

15 dan 27 C gacha

Maksimal harorat

30 dan 42 C gacha

Davlat xizmatlari

151

Litsenziyalash

Tadbirkorlik faoliyat turi bo’yicha litsenziyalash

63

Ma’lumotnomalar

Tug’ilganlik, nikoh ma’lumotnomalari, yashash joyi manzili

60

Ta’lim

Maktabgacha ta’lim, oliy va o’rta ta’lim, nostrifikatsiya

45

Ko’chmas mulk

Kadastr pasporti, Servitut, Ko’chmas mulk

33

Transport

Avtomobil, temiryo’l, avtomobil sug’urtasi

56

Ijtimoiy himoya

Nafaqa tayinlash, Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasi

24

Fuqarolik

ID karta, Xorijga chiqish pasporti, Ijro hujjati, migratsiya

7

Oltiariq tumani hokimligi xizmatlari

Davlat mulkini xususiylashtirish, subsidiya, investitsiya joylash

Xarita

/_nuxt/placeholder__image.C2ZGD-Ov.png

Aholisi

undefined ming kishi

Maydoni

undefined kv.km

Tashkil topgan yil

undefined-yil

Rasmiy vebsayti

Ma’lumotlar topilmadi!

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba-YakshanbaO'zbekiston Respublikasi, Farg'ona viloyati, Oltiariq tumani, Oltiariq shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 432 20 34Hokimlik faks raqami: (0373) 432 16 43Elektron pochta: info@oltiariq.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 02.11.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft