Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XAYIT BAYRAMI MUNOSABATI BILAN SAHOVAT TADBIRLARI O’TKAZILMOQDA

×

 2024-04-15 15:09:25    562

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumani hokimligi, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi hamda Mahalla uyushmasi tomonidan joylarda muborak Ramazon oyi va Xayt bayrami arafasida ko’plab insonlarning ko’ngillarini shod etish, moddiy va ma'naviy qo’llab-quvvatlash maqsadidagi tadbirlar o’tkazilmoqda.


Xususan, ota-ona mehridan maxrum bo’lgan bolalar, voyaga yetmagan yoshlarning bir guruhi bayram arafasida yo’qlanib, "bir piyola choy" tashkil etildi. Yoshlar bilan birgalikda savdo rastalarini aylanib, o’zlari yoqtirgan ko’rinishdagi kiyim-kechaklar hamda kitoblar xarid qilindi.

Tuman hokimi Shamsiddin Turdaliyev bolalarni Xayit bayrami bilan tabriklab, o’qish va ishlarida muvaffaqiyat tiladi.

Bayram sovg’asidan mamnun bo’lgan yigit-qizlar tuman hokimi hamda tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirishdi.


Oltiariq tuman hokimligi axborot xizmati.