Oltiariq tumanidagi 19-umumta‘lim maktabida "Yashil makon" umummilliy loyihasi










doirasida "Ustozlar bog‘i" tashkil etildi
Tuman hokimi Sh.Turdaliev boshchiligida prokuratura, Ekologiya, Mahalla, Nuroniylar hamda MMTB va tumandagi ta‘lim muassasalari rahbarlari ishtirokida 19-maktab xududida "Yashil makon" tadbiri o‘tkazildi.
Dastlab, "Ona zamin ne‘matlari" deb nomlangan ko‘rgazma namoyish etildi.
Tadbirda tuman hokimi ta‘lim muassasalari mutasaddilariga maktab va bog‘cha xududlarida ko‘kalamzor maydonlarni kengaytirish, mevali va manzarali ko‘chatlar ekishning atrof-muhit hamda ekologiya musaffoligiga ta‘siri qolaversa, yoshlarda tabiatga bo‘lgan munosabatni shakllantirishda katta ahamiyat kasb etishi haqida fikr yuritdi.
Tadbir ishtirokchilari birgalikda maktabdagi bo‘sh er maydonida tashkil etilgan "Ustozlar bog‘i"ga 300 tupga yaqin mevali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

#Oltiariq_tumani #Harbiy_vatanparvarlik Askarlik - mardlik va jasorat timsoli

#Oltiariq_tumani #To‘y_marosimlarda_Me‘yoriylik Milliy va diniy an‘analarimiz

#Oltiariq_tumani #Mahallainfratuzilmasi Aholiga qulayliklar yaratildi

#Mahalla_infratuzilmasi Hamjihatlikda gap ko‘p Oltiariq tuman

#Obod_mahalla_brt_ko‘rki Hashar yo‘li bilan mahalla guzari barpo etilmoqda

Tibbiyot xodimlari ishtirokida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi





