Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani hokimligida qonunchilik hujjatlari

va topshiriqlarining ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi va “Ijro.gov.uz” tizimi orqali nazoratga olingan topshiriqlarning ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi
PF-6166-son Farmoni va 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarori hamda 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-117-sonFarmonida belgilangan topshiriqlar asosida Farg‘ona viloyati hokimligida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlari o‘z vaqtida ijroga qaratilib, to‘liq va sifatli bajarilishi qat’iy nazoratga olingan.
Tuman hokimligida “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratga olingan topshiriqlar ijrosi “kunbay” tahlil qilinib borilmoqda.
Haftaning har dushanba kuni viloyat hokimi rahbarligida, haftaning juma kunlari hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlaridagi topshiriqlarini ijrosini o‘z vaqtida sifatli ta’minlanish qat’iy nazorat qilinmoqda.
Tahlillar natijalari bo‘yicha, ijro intizomini ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan tizimli kamchiliklar, ularning sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilgan.
Topshiriqlar o‘z muddatlarida bajarilishini ta’minlash maqsadida har oyning 25-sanasida “Ijro.gov.uz” tizimida ijro muddati kelgusi oyda keladigan topshiriqlar ro‘yxati shakllantirilib, mas’ul tuman hokimining o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlariga hamda tashkilotlarga yuborilmoqda.
Shundan kelib chiqib, mas’ul ijrochilar kesimida kalendar jadval va “yo‘l xaritalari” tasdiqlanib, shu asosida ish tashkil etilmoqda.
Ijro intizomi nazorati bo‘limi tomonidan har oyda topshiriqlar ijro holati tanqidiy tahlil qilingan holda ma’lumotnoma va jadvallar tayyorlanib, tuman hokimiga kiritib borilmoqda.
Bajarilmay qolayotgan hamda muddati kelayotgan topshiriqlari o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashda tuman tashkilotlari bilan muntazam ravishda muhokama qilinib kelinmoqda.
Tuman hokimligi mas’ul xodimlari tomonidan har oyda tasdiqlangan grafik asosida tuman tashkilotlarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi maqsadli va kompleks o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan, 2025-yilning sakkiz oyi davomida 3-ta (Sog‘liqni saqlash bo‘limida, Inson ijtimoiy ximoya markazi bo‘limida, Oltiariqtumangaz bo‘limida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi holati o‘rganilib, topshiriqlar ijrosini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatildi. 2025-yilning 8 oyi davomida tuman hokim huzurida - 25 ta marotaba, 1 ta xalq deputatlari tuman Kengashi yig‘ilishida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati muhokama qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-noyabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, har bir topshiriqqa “temir intizom” bilan jiddiy yondashib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning topshiriqlarini o‘z vaqtida, samarali hamda to‘liq bajarishda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman boshqarma, tashkilotlar rahbarlari, roli hamda shaxsiy javobgarligini oshirish choralari ko‘rilib, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mas’ul rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rib borilmoqda. “Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida 2025-yilning o‘tgan davri davomida tumanga viloyat hokimligidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 196 ta hujjatlari 2235ta topshiriq kelib tushgan bo‘lib ushbu topshiriqlarni ijrosini o‘z vaqtida sifatli ta’minlash maqsadida har bitta hujjat bo‘yicha nazorat rejalari ishlab chiqilib, taalluqli boshqarma, tashkilotlarga ijro uchun yuborilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Oltiariq tuman 14-sonli Bolalar musiqa va san‘at maktabida yoshlarga

Shu kunlarda Respublika miqyosida Oila va hotin-qizlar bo‘limlari


Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan ishlash tizimini