Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1782025-06-20 17:29

O‘zbekiston tumanida navbatdagi bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Respublika ishchi guruhi tashabbusi bilan bugun “Qulibek” mahallasidagi "Barkamol avlod" bolalar maktabi hovlisida navbatdagi “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi. Tadbir mehnatga layoqatli fuqarolar, xususan ishsiz xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish va ular uchun doimiy daromad manbalarini yaratishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi. Mehnat yarmarkasida korxona, tashkilot va tadbirkorlik sub’yektlari o‘zlarida mavjud 150 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Yarmarka davomida tadbirkorlik sub’yektlariga va boshqa muassasalarga 10 nafar yurtdoshlarimiz doimiy ish o‘rniga ega bo‘lgan bo‘lsa, 20 nafar fuqarolar uchun kasb-hunarga o‘qitishga yo‘llanmalar berildi. 40 nafardan ziyod fuqarolar mehnat qonunchiligi, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish yo‘nalishlarida o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha soha mutaxassislaridan huquqiy maslahatlar olishdi. Shuningdek, yarmarka doirasida tadbirkorlik sub’yektlari va hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarish, uy-ro‘zg‘or buyumlari va tikuvchilik kabi sohalarga oid mahsulotlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba-YakshanbaO'zbekiston Respublikasi, Farg'ona viloyati, Oltiariq tumani, Oltiariq shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 432 20 34Hokimlik faks raqami: (0373) 432 16 43Elektron pochta: info@oltiariq.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 23.06.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft