🎯 Ayollar bandligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda








O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi PQ–103-sonli qaroriga asosan, Qo‘shtepa tumanida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash yo‘nalishida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 📊 Maqsadli ko‘rsatkich: 2025-yil davomida jami 10 589 nafar xotin-qizni ish bilan ta’minlash belgilangan. 🛠 Amalga oshirilgan ishlar: 2025-yilning yanvar–may oylarida: 9 642 nafar xotin-qiz kasb-hunar, tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlikka o‘qitildi; Ko‘plab ayollar o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun bank kreditlari asosida moliyaviy qo‘llab-quvvatlandi; O‘quv jarayonlari yakunida ularning bandligi ta’minlandi. 🌿 Yangi tashabbuslar doirasida: “Tadbirkor ayol” o‘quv markazi bilan hamkorlikda do‘ppido‘zlik va asalarichilik yo‘nalishlarida maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi. 📍 Xususan, tumanning Loyson mahallasida O‘zbekiston Asalarichilar uyushmasi a’zosi N. Xoshimov tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand 35 nafar xotin-qizga asalarichilik sohasi bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. 📜 Natijada, o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan ayollarga sertifikatlar topshirilmoqda va ularning ushbu yo‘nalishlarda bandligi ta’minlanmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Oltiariq tumanida og‘ir toifaga kiritilgan mahallalardagi holat o‘rganilmoqda

Oltiariq tuman prokuraturasi tashabbusi bilan "Mehnat yarmarkasi" o‘tkazildi

HOKIM QABULI: HAR BIR MUROJAAT – E‘TIBORDA! Oltiariq tuman hokimligi


хуқуқбузарликларни барвақт олдини олиш

Erkin Vohidov uy- muzeyiga tashrif