Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

3282025-06-18 16:03

Qo‘shtepa tumanida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi

Farg‘ona viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari tomonidan Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida aholi bilan ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi. Ushbu tadbirda viloyat prokuraturasi, Ichki ishlar boshqarmasi, sud organlari hamda boshqa tegishli idoralar rahbarlari ishtirok etdilar. Sayyor qabulning asosiy maqsadi — aholining murojaatlarini bevosita tinglash, mavjud muammolarni joyida o‘rganib, ularni imkon qadar tezkor va samarali hal etishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy, huquqiy va maishiy muammolar atroflicha muhokama qilinib, mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Bunday sayyor qabullar aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ularning murojaatlarini samarali hal qilishda muhim o‘rin tutadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba-YakshanbaO'zbekiston Respublikasi, Farg'ona viloyati, Oltiariq tumani, Oltiariq shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 432 20 34Hokimlik faks raqami: (0373) 432 16 43Elektron pochta: info@oltiariq.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 23.06.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft