Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

412025-06-16 20:02

Yangiariq mahallasidagi 2-sonli maktabda yangi va zamonaviy sport zali quriladi

Ta'kidlash lozimki, davlatimiz rahbari va Respublika hukumati e'tibori doirasida maktabgacha va maktab ta'limi tizimiga qarashli muassasalarda o'sib kelayotgan yosh va barkamol avlodning jismoniy jihatdan mukammal bo'lishi va farzandlarimizning sportga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xabaringiz bor, 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 2-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida yangi va zamonaviy mini-futbol maydonchasi qurilib, foydalanishga topshirilgan edi. Endilikda ushbu ta'lim dargohida zamonaviy sport zali qurilishiga start berildi. Mazkur inshoot O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-fevraldagi 65-sonli qaroriga asosan qurilmoqda. Qurilish ishlari boshlanishi munosabati bilan Yangiariq mahallasidagi 23-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida tadbir o'tkazildi va mazkur tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev mahalla ahlini ushbu sana bilan tabriklab, islohotlar jarayonida ishtirokchi bo'lish lozimligini alohida ta'kidladi. Tadbir davomida millatimizga xos bo'lgan an'ana o'tkazilib, nuroniylarning suhbati bir piyola choy ustida davom etdi. Ma'lumot uchun: mazkur sport zali o'lchami 12x24 metr bo'lib, uning qurilishiga 1 milliard 800 million so'm mablag' ajratilgan. Mazkur sport zali mahalladagi yoshlarga eng qimmatli sovg'a bo'ladi desak, aslo mubolag'a emas. So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba-YakshanbaO'zbekiston Respublikasi, Farg'ona viloyati, Oltiariq tumani, Oltiariq shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 432 20 34Hokimlik faks raqami: (0373) 432 16 43Elektron pochta: info@oltiariq.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 17.06.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft