Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

402025-06-16 19:56

Tul mahalla fuqarolar yig'inida ham aholi “obi hayot”dan muntazam bahramand bo'lishadi

So'x tumanida aholini qiynayotgan eng asosiy muammo bu ichimlik suvi ta'minoti hisoblanadi. Fuqarolar tomonidan bildirilayotgan murojaatlarning asosiy qismini ham ushbu dolzarb muammo tashkil etadi. Ayni kunda tumanimiz hududida mazkur muammoni bartaraf etish va fuqarolarga toza ichimlik suvi yetkazib berish bo'yicha amaliy ishlar qilinmoqda. Tumanimizda faoliyat olib borgan Respublika ishchi guruhi tomonidan ham ushbu muammoga alohida e'tibor berildi. Tul mahalla fuqarolar yig'inida ham ichimlik suvi tarmog'i barcha ko'chalarga tortilgan, lekin asosiy muammo suvning yo'qligi – tarmoqlar asosiy suv manbaiga ulanmaganligidir. Bugun mazkur mahalla ahlining quvonchi cheksiz – o'rnatilgan suv minorasiga “obi hayot” tortish boshlandi. Voqelikdan mamnun bo'lgan mahalla oqsoqollari va nuroniylar berilayotgan e'tibor uchun davlatimiz rahbariga minnatdorchilik izhor etib, yaxshi niyat va ezgu tilaklar bilan duoga qo'l ochishdi. Bugun amaliy islohotlar samarasidan xursand bo'lgan xalqimizning tilida mana shunday ezgu tilaklar mujassam – “Prezidentimizning boshlari omon bo'lsin, tinchlik va obodonchilikka ko'z tegmasin, xalqning farovonligi yo'lida qilinayotgan har bir xayrli va yaxshi amallar bardavom bo'lsin!” So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba-YakshanbaO'zbekiston Respublikasi, Farg'ona viloyati, Oltiariq tumani, Oltiariq shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 432 20 34Hokimlik faks raqami: (0373) 432 16 43Elektron pochta: info@oltiariq.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 17.06.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft