Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

352025-06-16 19:54

Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig'inida aholini qiynayotgan muammolar yechimi bo'yicha amaliy ishlar qilinmoqda

Prezidentimizning So'x tumanini ijtmioiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir qabul qilgan 4798-sonli qarori asosida tumanimiz miqyosida keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Ayni kunda aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash bo'yicha ham ushbu qaror asosida ishlar davom ettirilmoqda. Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig'inida bo'lgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev “Yangi avlod” MChJ mutasaddilari bilan ushbu yo'nalishda olib bornilayotgan ishlarni ko'zdan kechirdi. Mahallaning bir qismida aholi “obi hayot” manbaidan samarali foydalanib kelishmoqda. Mahallaning “Haqiqat” ko'chasida ayni kunda ichimlik suvi tarmog'i tortish ishlari olib borilyapti. Mahallaning “Sangi siyoh” ko'chasida ham aholi qisman ichimlik suvi bilan ta'minlangan. Shuningdek, yuqorida tilga olingan Prezident qarori asosida mahallada elektr ta'minotiga oid muammolar ham bartaraf qilingan. O'rganish davomida istiqlol bayramigacha aholi ichimlik suvi bilan ta'minlanishi va tortilgan tarmoqlar “obi hayot” manbaiga to'liq ulanishi “Yangi avlod” MChJ mutasaddilari tomonidan aholi va fuqarolarga ma'lum qilindi. So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba-YakshanbaO'zbekiston Respublikasi, Farg'ona viloyati, Oltiariq tumani, Oltiariq shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 432 20 34Hokimlik faks raqami: (0373) 432 16 43Elektron pochta: info@oltiariq.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 17.06.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png../images/footer/image-2.png../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft