Quvasoy shahrida “DXX kubogi” saralash bosqichlari boshlandi








Quvasoy shahar ixtisoslashitirilgan maktabidagi sun’iy qoplamali mini futbol maydonida “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi”ning shahar saralash bosqichi rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda DXX shahar bo‘limi, shahar hokimligi, Yoshlar ishlari bo‘limi, 1- va 2-sonli sport maktablari rahbarlari va mas'ullari, mahalladagi yoshlar yetakchilari hamda musobaqaga qiziqish bildirib, ro‘yxatdan o‘tgan yoshlar ishtirok etdi. Marosimda so‘zga chiqqanlar ishtirokchilarga omad tilab, sport orqali sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida futbolni keng targ‘ib etish va iqtidorli yoshlarni aniqlash borasida ushbu musobaqaning ahamiyatini ta’kidladilar. Shuningdek, shahar sharafini yuksak darajada himoya qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ma’lum qilishdi. Ma'lumot o‘rnida, mazkur an’anaviy musobaqa Davlat xavfsizlik xizmati, Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamkorligida tashkil etilib, 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol yo‘nalishlarida ishtirok etishlari mumkin. Musobaqa quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi: - 1-bosqich – tuman/shahar saralash bosqichlari (aprel–may oylarida); - 2-bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar saralash bosqichlari (iyun–iyul oylarida); - 3-bosqich – Respublika final bosqichi (avgust oyida). Musobaqaning asosiy maqsadi – yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, jismoniy faollikni kuchaytirish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlab, qo‘llab-quvvatlashdir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


PAXTADAN YuQORI DAROMAD OLING – PREZIDENTIMIZ YaRATIB BERGAN

Oltiariq tumanida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirokida

Oltiariqlik OTM bitiruvchilari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Fayziobod MFY da tadbirkorlar ishtirokida "Sayyor qabul" o‘tkazildi.