Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OLTIARIQ TUMANIDA “RAINBOW ACADEMY” SMART TEXNOLOGIYALARI ASOSIDAGI STEAM BOG’CHA FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2022-05-30 09:12:25    191

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumanining salohiyatini inobatga olgan holda hamda hududda Uchinchi Renessans davrining tashabbuskor, innovator, SMART maqsadlariga ega zamonaviy ekomuhitda yangi avlodni tayyorlash, zamonaviy bilim berish, yangi sohalarni kashf etishda ko’maklashish va ilm-fanga yosh davridan jalb etishga qaratilgan infratuzilmani yaratish bilan birga, yoshlarni jajji hayotlari davridan rivojlangan davlatlarning dolzarb texnologiyalarini namoyish etish, bo’lajak mahalliy va xorijiy STEAM yo’nalishlari bo’yicha bo’lib o’tadigan musobaqa va olimpiadalarga chuqurlashgan kurslar orqali tayyorlash maqsadida “Rainbow Academy” SMART texnologiyalari asosidagi STEAM bog’cha tashkil etildi.


Mazkur bog’chani yaratishda ilg’or davlatlar tajribasi nazarda tutilgan bo’lib, unda Koreya Respublikasi, Shvetsiya, Turkiya va Yaponiyaning metodikalari qo’llanilgan. Birinchi o’rinda Fan, texnologiya, muhandislik, san'at va matematikaga (STEAM) asosiy urg’u berilgan. Loyihaning umumiy qiymati 4 mlrd so’mga teng bo’lib, vazirlik tomonidan 1,5 mlrd so’mlik zamonaviy o’quv uskuna va konstruktorlar bilan jihozlanib, tadbirkor hisobidan esa 2,5 mlrd so’mlik qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Ayni damda vazirlik tomonidan nazarda tutilgan jihozlash ishlari olib borilmoqda va tez orada bog’chaning barcha burchaklariga o’rnatiladi. 

Bugungi ochilish marosimi Xalqaro bolalar kuniga bag’ishlandi. Keyingi boschiqlarda, mazkur hudud ta'lim klasteri faoliyatni yo’lga qo’yib, zamonaviy kasblarni o’rgatish kurslari orqali qamrovni kengaytirish ko’zda tutilgan. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat