Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OCHIQ OSMON OSTIDAGI SAYYOR QABUL
2022-05-26 16:25:57 237
Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko’tarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo’yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda o’tayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.
Zero, Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak.
Shu ma'noda, tuman hokimi Sh.Turdaliyev boshchiligida tumandagi sektor rahbarlari Navoiy mahallasi hududida joylashgan istirohat bog’ida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabulini o’tkazdi.
Unda tuman Xalq qabulxonasi rahbari, tumandagi korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari ishtirok etdi. Sayyor qabulda aholining murojaatlari atroflicha o’rganib chiqildi.
Sektor rahbarlari har bir masalani murojaatchilar va hududiy mas'ullar bilan birga ochiq muhokama qilib, qonuniy-adolatli hal qilish uchun bor kuch-imkoniyatni safarbar qildilar. Ayniqsa, bu jarayonda ijtimoiy himoyaga muhtoj ko’plab insonlarning davolanish, salomatligini tiklash, bandlik bilan bog’liq muammolari hal bo’ldi. Shuningdek, qabullarda tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq qator muammolarga ham yechim topildi.
Tumanning Yangihayot MFY Turon ko’chasi 9-xonadonda yashovchi Adhamjon Vakilovning turmush o’rtog’i mazkur sayyor qabulda ishtirok etib, turmush o’rtog’i Afg’on jangchisi ekanligi va unga nogironlik aravachasi zarurligini bildirib, amaliy yordam so’radi. Oltiariq tuman hokimi tashabbusi bilan shu yerning o’zida nogironlik aravachasi olib kelinib, A.Vakilovga yetkazildi. Fuqaro bu e'tibordan mamnun bo’lib o’z minnatdorchiligini bildirdi.
Sayyor qabulda 84 nafar fuqaroning turli masalalardagi murojaatlari ko’rib chiqilib, ularning o’ndan ortig’i joyida hal qilindi. Qolgan murojaatlar bo’yicha fuqarolarga huquqiy maslahat va tushuntirish berildi hamda aniq muddat va mas'ullar belgilanib, nazoratga olindi.
Zero, xalq bilan muloqot, ularning dardu tashvishi bilan yashash eng asosiy maqsad bo’lib, uning ro’yobi yurtimiz ravnaqiga, uning yanada gullab-yashnashiga, fuqarolarning tinch, osuda, farovon hayot kechirishlarini ta'minlashga xizmat qilib kelmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat