Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

G’ALLA O’RIMIGA TADORIK KO’RILMOQDA

×

 2022-05-18 21:01:04    190

PDF yuklash
Chop etish


Bugun tumandagi “Nurobod” MTP MChJda g’alla o’rim-yig’imini qizg’in va uyushqoqlik bilan olib borish va texnikalarni mavsumga shayligini nazorat qilish bo’yicha seminar bo’lib o’tdi.


– Fermerlarning zahmatli mehnati evaziga yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay yig’ib olish muhim vazifa sanaladi. Mavsumni qisqa fursatlarda, sifatli o’tkazish uchun otryadlar tuzilib, har bir guruhga tegishli sohalar mutaxassislari jalb etildi. Endi har birimiz mas'uliyatni his qilib tizimli ishlasak, albatta, ko’zlagan natijamizga erishamiz, – dedi seminarda tuman hokimi Sh.Turdaliyev. – Joriy yil tumanimizda 5 400 gektar maydonda g’alla yetishtirildi. O’rim-yig’imda 23 ta otryadlar tuzilib, 23 ta kombayn biriktirildi.


Joylarda mexanizator va ishchi-xizmatchilarga zaruriy sharoitlar yaratish, ko’chma dam olish maskanlari faoliyatini yo’lga qo’yishga e'tibor qaratildi. Mavsum oldilar ularni rag’batlantirish maqsadida pul mukofotlari va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi. Shuningdek, yong’in xavfsizligining oldini olish bo’yicha mutaxassislar tomonidan ko’rgazmali vositalar orqali tushuntirishlar berildi.


–  Qat'iy tartib-intizom va aniq tizim asosida ishlashimiz kerak. Agar har kim aravani o’zicha tortsa, ishimizda unum-baraka bo’lmaydi, ko’zlangan natija chiqmaydi. Shu kunga qadar ham g’alla parvarishi bo’yicha har bir agrotexnik tadbirni qishloq xo’jaligining yetuk bilimdonlari, ilm egalari bilan bamaslahat amalga oshirib kelyapmiz. Bugungi seminar ana shu ezgu an'ananing uzviy davomi, – dedi tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimining o’rinbosari A.Tursunov.

Seminar davomida kombaynlarning avtokarvoni tashkil etilib, mavsumga tayyorligi yana bir marta nazoratdan o’tkazildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat