Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 0 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAYLOVNING DEMOKRATIK RUHDA O’TISHI TA'MINLANMOQDA

×

 2022-05-18 08:22:57    166

PDF yuklash
Chop etish


Ma'lumki, mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – fuqarolar yig’ini raislari (oqsoqollari) saylovi o’tkazilmoqda. Ayni kunlarda ushbu tadbir tumanimizda ham yuqori uyushqoqlikda bo’lib o’tmoqda.


Saylov jarayonlarini yana yuqori kayfiyatda, belgilangan tartib-qoidalar asosida o’tkazilishini ta'minlash maqsadida Oltiariq tumanida Fuqarolar yig’inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o’tkazishga ko’maklashuvchi komissiyaning navbatdagi yig’ilishi o’tkazildi.

Unda mazkur komissiya a'zolari ishtirok etib muhim demokratik jarayonda ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan fuqarolar unda faol ishtirok etish orqali davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni bevosita mahallada amalga oshiruvchi shaxsni tanlash huquqiga ega bo’layotganliklarini ta'kidladilar.

Shuningdek, fuqarolar raislikka nomzodlarning kelgusi faoliyati dasturi bilan tanishib, yashirin ovoz berish orqali o’z saylov huquqlarini amalga oshirishayotgani ham saylovni demokratik ruhda o’tayotganidan dalolat berayotgani e'tirof etildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat