Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OROMGOH MAVSUMGA TAYYORLANMOQDA

×

 2022-05-17 17:08:51    170

PDF yuklash
Chop etish


Yozgi oromgohlar bolajonlar uchun eng sevimli maskandir. Chunki ular bolalik davrining eng baxtli va quvonchli damlarini ana shunday joylarda, o’z tengqurlari bilan birga, jo’shqin lahzalar bilan tasavvur etadi.


Hozirda tumandagi “Yulduz” bolalar oromgohi bolajonlar uchun shay holatga keltirilmoqda. Chet tillar, shaxmat va shashka sport to’garagi, musiqa, kompyuter, “Yosh kitobxon”, tikuvchilik to’garaklari, ma'naviyat xonalari barcha sharoitlar bilan ta'minlanmoqda.

Tuman hokimi Sh.Turdaliyev mazkur oromgohda bo’lib bolajonlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Unda oromgohni namunali tashkil qilish, kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.

Oromgohda 3 bosqichda 120 nafardan jami 360 nafar bolajonlarning maroqli dam olishlari rejalashtirilgan.


Bolajonlarning ma'naviy saviyasini kengaytirish, tasavvurlarini boyitish maqsadida ma'naviyat xonalari tashkil etilib, gazeta, jurnal, turli badiiy adabiyotlar bilan to’ldirishga alohida urg’u berildi. 

Tuman hokimining ko’rsatmasiga asosan hozirda yuvinish xonalari yangitdan zamonaviy usulda qurilmoqda. Shuningdek, hojatxonalar ham talab darajasida jihozlanmoqda. Yotoqxonalar yangi ko’rpa-yostiq, choyshablar, antiseptik vositalar, qolaversa, bolajonlarning salomatligi yo’lida dori-darmonlar bilan yetarlicha ta'minlanmoqda.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat