Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TADBIRKOR 5 NAFAR KICHKINTOYLARNING SUNNAT TO’YIGA BOSH BO’LDI

×

 2022-05-11 21:57:40    273

PDF yuklash
Chop etish


Bugun tadbirkor Bahodirjon Toshtemirov tashabbusi bilan tumanning Yangiqo’rg’on mahalla fuqarorlar yig’inida qad rostlagan 450 o’rinli "Lola" tantanalar majmuining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.


Majmuaning ochilish marosimi haqiqiy bayram tusini oldi. Boisi tadbirkor yana bir xayrli ishga bosh bo’lib, hududdagi bir guruh kichkintoylarning – Muhammaddiyor, Mehrojbek va Saidumarbek Umrzoqovlar, Muhammadyusuf O’ktamov hamda Muhammadsodiq Sodiqjonovlarning sunnat to’yini o’tkazib berdi.

Tantanali tadbirda so’zga chiqqanlar mamlakatimizda aholining hayotdan rozi bo’lib yashashini ta'minlash, jamiyatda o’zaro hamjihatlik, mehr-oqibat, bag’rikenglik hamda xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash borasida keng ko’lamli ishlar olib borilayotganini ta'kidladilar. 

Sunnat to’ylari milliy an'analarimiz asosida o’tkazilgani barchaga quvonch hadya etdi, to’y bolalar va ularning ota-onalari qutlovlardan mamnun bo’ldi.


Katta shodiyonalik bilan o’tgan to’y davrasini taniqli xonandalar kuy va qo’shiqlari bilan bezadilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat