Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BU YILGI REJA – 5 MLN. DOLLARLIK EKSPORT!

×

 2022-05-04 16:54:51    194

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariqda bodring, turp yetishtirish hadisini olgan oilalar juda ko’p ekanligi hech kimga sir emas. Yosh tadbirkor Nuriddin Aliqulov ana shunday oilada ulg’aygan.


U Farg’ona davlat universitetida o’qib yurganidayoq meva-sabzavotlarni xorijga eksport qilish bo’yicha hayotiy tajriba, amaliy bilim-ko’nikmaga ega bo’ldi. Hozirgi kunda u “Nirt Fruit” fermer xo’jaligi rahbari. Xo’jalik tasarrufida meva bog’lari tashkil etilgan. MDH davlatlariga meva-sabzavotlar tashish xizmati yo’lga qo’yilgan bo’lib, 50 ga yaqin zamonaviy yuk avtomashinalari bor. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash sovutgichli omborxonaning umumiy sig’imi 2,5 ming tonna. 2021 yili fermer xo’jaligi tomonidan xorijga 3,5 mln. AQSh dollari hajmida meva-sabzavotlar eksport qilindi.


Tadbirkor eksport borasida Rossiya, Markaziy Osiyo davlatlari bilan chegaralanib qolmoqchi emas. Yaqin yillarda eksport geografiyasini arab davlatlari, Xitoy, Koreya Respublikasi, YEvropa mamlakatlari hisobiga kengaytirish niyatida. Buning uchun zamonaviy laboratoriyalar, intensiv bog’lar tashkil etish, meva-sabzavotlarni quritish, qadoqlash, qayta ishlash tarmoqlarini ishga tushirishni maqsad qilgan. Transport-logistika xizmatini yanada rivojlantirish bo’yicha istiqbolli biznes-rejaga ega.

- Bu sohaga ilmiy asosda yondoshib, faqat mavsumiy emas, yilning to’rt faslida ham jahon bozorlarini egallash harakatida bo’lishimiz kerak,-deydi u. – Biz hozircha marketing ishlarini bugungi kun talabi assida tashkil eta olayotganimiz yo’q. Misol uchun, turkiyalik fermerlar Rossiya bozorini deyarli yil davomida meva-sabzavotlar bilan ta'minlaydi. Mahsulotlarini bizga qaraganda ikki-uch barobar qimmat sotadi.


2022 yilda fermer xo’jaligi a'zolari meva-sabzavotlar eksporti hajmini 5 mln. AQSh dollariga yetkazish va faoliyatini istiqbolli yangi tarmoqlar hisobiga yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat