Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ODAMLAR QACHON TIBBIYOTDAN ROZI BO’LADI?

×

 2022-05-04 15:50:18    190

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentning 2021 yili Farg’ona viloyatiga amalga oshirigan tashrifi chog’ida Oltiariq tumanini “Namunali tibbiyot maskani”ga aylantirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan edi.

Shu asosda tuman tibbiyoti moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 24,5 mlrd. so’m ajratilib, 9,5 mlrd. so’mi ta'mirlash, 15 mlrd. so’mi jihozlash ishlariga sarflandi.

Ochig’ini aytganda, tibbiyot sohasi bo’yicha hali e'tiroz ko’p. Yaqin yillarda ushbu soha faoliyati jahon andozlari darajasida isloh qilingach, odamlarimiz tibiiyotdan to’liq rozi bo’ladi.

Mamlakatimizda ilk marotaba Oltiariqda “Elektron poliklinika” tizimi joriy etilgani, 8 ta oilaviy poliklinika, 6 ta oilaviy shifokorlik punktlari zamonaviy mezonlar asosida ta'mirlangani islohotlarning dastlabki hayotbaxsh samarasi deyish mumkin.

Ayni jarayonda birlamchi davolash profilaktika muassasalarining oilaviy shifokorlari, patronaj hamshiralari kompyuter jamlanmasi, planshetlar, optik tolali internet tarmog’i bilan ta'minlandi. Har bir poliklinika laboratoriyasi, EKG, UTT apparatlari ham elektron tizimga ulandi. Markaziy shifoxonada, Tinchlik shaharchasi tibbiyot muassasalarida keng ko’lamli qurilish-bunyodkorlik ishlari olib borildi.

2022 yilda tumanda tibbiyot muassasalarini yanada maqbullashtirish, 50 dan ortiq murakkab jarrohlik amaliyotlarini o’tkazish rejalashtirilmoqda. Viloyatda ilk tashabbus sifatida Farg’ona viloyati bolalar ko’p tarmoqli tibbiyot markazi LOR bo’limi mudiri Bahodirjon Qo’chqorov yaqinda Oltiariq tumanida ikki nafar bemorda maloinvaziv jarrohlik amaliyotini o’tkazdi. Jarrohlik amaliyoti endoskopik kamera orqali yuqori texnologik uskunalarda amalga oshirildi.

Shuhratxon BUZRUKOV,

Oltiariq tumani tibbiyot birlashmasi rahbari.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat