Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 0 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSHLAR YETAKCHILARI ZAMONAVIY KOMPYUTER JAMLANMALARI TOPSHIRILDI

×

 2022-05-04 15:46:14    220

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumanidagi mahalla fuqarolar yig’inlarida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilariga zamonaviy kompyuter jamlanmalari topshirildi.

Unda tuman hokimi Sh.Turdaliyev, sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari hamda yoshlar yetakchilari ishtirok etdilar.

O’zbekiston Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori asosida yurtimizning barcha hududlarida bo’lgani kabi Oltiariq tumanida ham yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlari joriy etildi.

Har bir mahallada ish boshlagan yoshlar yetakchilarining birinchi galdagi vazifasi 30 yoshgacha bo’lgan yigit-qizlar manfaatlarini ta'minlashga yo’naltirilgan manzilli dasturlarni shakllantirishdan iboratdir.

Shu sababdan, Oltiariq tumanida yoshlar yetakchilarining ish samaradorligini yanada oshirish, ular uchun munosib mehnat sharoiti yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Bugun yoshlar yetakchilari bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan mahallalarda ish olib borayotgan 72 nafar yoshlar yetakchisiga zamonaviy kompyuter jamlanmalari topshirildi.

Uchrashuvda bu kabi imkoniyat va sharoitlar mahallalarda yoshlar bilan ishlash sifatini oshirish, belgilangan vazifalarga mas'uliyat bilan yondashib muvaffaqiyatli bajarishga xizmat qilishi ta'kidlandi.

Avvalroq tumandagi mahallalarda ish boshlagan har bir yoshlar yetakchisiga zamonaviy planshetlar topshirilgan edi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat