Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAXOVAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2022-05-04 15:43:40    319

PDF yuklash
Chop etish


Ma'naviyat va ma'rifat markazi Oltiariq tuman bo’linmasi tashabbusi bilan tuman hokimligi, tuman ichki ishlar bo’limi, Oltiariq tuman Davlat arxivi hamda umumta'lim maktablarida faoliyat yuritayotgan Ijodiy-madaniy targ’ibotchilardan iborat Ma'naviyatchilar guruhi Ramazon hayiti arafasida tumanda istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Qahhorjon ota Ma'rupov, Abdusalom ota Nuriddinov, To’lanboy ota Shokirov, O’zbekiston Qahramoni, “Nurliobod” fermer xo’jaligi rahbari Lolaxon Murotova hamda 1-guruh nogironi, “Jasorat” medali sohibasi, iste'dodli shoira Sanobarxon Toshxo’jayevalarning hollaridan xabar olib, ularni bayram bilan tabrikladilar.

Ma'naviyat faollari o’chmas jasorat egalari bo’lmish Urush faxriylarini hamda o’zining ayol jussasida yuksak matonatni ko’tarib turgan muqaddas ayollarni tabriklab, o’zlarining ezgu niyatlari va dil izhorlarini bildirishdi. 

Bugungi muborak kunlarga yetkazgani uchun, tinchlik va osoyishtalik, farovon hayotni taqdim etgani uchun avvalo Yaratganga shukronalar aytildi. Ko’pni ko’rgan, turmushning turli mashaqqatlarini sabr va bardosh bilan yengib o’tgan metin iroda sohiblari o’zlari anglagan hayot hikmatlarini mehmonlar bilan o’rtoqlashdilar.

Bu kabi saxovat, insonparvarlik g’oyalarini o’zida mujassam etgan tadbirlar yurtimiz uzra davom etmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat