Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OLTIARIQDA "O’ZBEKISTON LOLASI" TAVALLUD TOPGAN KUN KENG NISHONLANDI

×

 2024-03-09 22:16:40    959

PDF yuklash
Chop etish



Oltiariq tuman hokimligi tashabbusi bilan viloyat hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo’limi, viloyat "Tadbirkor ayol" uyushmasi hamkorligida O’zbekiston Qaxramoni, marhum Lolaxon Murotova xotirasini abadiylashtirish, uning xayoti va faoliyatini keng targ’ib qilish maqsadida "O’zbekiston Lolasi" deb nomlangan xotira tadbiri o’tkazildi.

9 Mart - Lolaxon Murotova tavallud topgan kun munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimligi Oila va va hotin-qizlar bo’limi boshlig’i K.Kavlonova, "Nuroniy" jamg’armasi viloyat bo’limi rahbari Z.Rahmonov, viloyat jamoatchilik Kengashi vakili X.Komilov, "Tadbirkor ayol" uyushmasi rahbari D.Mehmonova hamda "Erkin Vohidov" ijod maktabi o’quvchi va murabbiylari, bir guruh viloyat va tuman faollari, sektor rahbarlari, Lola opa bilan xamkasb va xamkorlikda ishlagan turli soha vakillari qantashdilar.

Mehmonlar ishtirokida Lolaxon Murotova mangu orom topgan qabristonda qur'on tilovat qilindi. Qaxramonimiz tug’ilib o’sgan xonadonda u haqda shirin xotiralar yodga olindi.

Lola opa tashkil qilgan "Nurli obod" fermer xo’jaligi dala shiyponida o’tgan yili tuman hokimi tashabbusi bilan Lolaxon Murotovaning 65 yilligiga atab ekilgan lola gullari qatoriga bu yil yana 66 tup lola gul hamda lola daraxtlari ekildi. Bu an'anani davom ettirib, kelgusida Lola opa yashab, mehnat qilgan fermer dala shiyponida alvon lolazor bunyod etiladi.

Oltiariq tuman hokimi Sh.Turdaliyev Lolaxon Murotovaning xayoti va faoliyati to’g’risida gapirib, uning xotirasini abadiylashtirish uchun Yurtboshimiz tashabbusi bilan viloyat va tuman hokimligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ta'kidladi.

Shuningdek, tadbirda "Nuroniy" jamg’armasi viloyat bo’limi rahbari Z.Rahmonov, Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo’limi rahbari M.Sulaymonov, "Tadbirkor ayol" uyushmasi rahbari D.Mehmonova va boshqalar "O’zbekiston Lolasi" haqida o’z xotiralarini esladilar.

O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Q.Tojiyev ijrosidagi "Lolaxon" qo’shig’i olqishlar bilan qarshi olindi.


Oltiariq tuman hokimligi axborot xizmati.