Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AHOLINI RO’YXATGA OLISH 2023 YILDA O’TKAZILADI

×

 2022-06-14 14:12:41    154

PDF yuklash
Chop etish


“Aholini ro’yxatga olish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PF-5655-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabr kungi “O’zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro’yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.


Qarorga muvofiq O’zbekiston Respublikasida aholini ro’yxatga olish 2023 yil 1 – 25 noyabr kunlari o’tkazilishi rejalashtirilmoqda. Rejaga asosan aholini ro’yxatga olish quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

–                  1-5 noyabr kunlari – internet jahon axborot tarmog’i orqali aholini ro’yxatga olish (5 kun);

–                  6-10 noyabr kunlari – internet jahon axborot tarmog’i orqali ro’yxatdan o’tgan respondentlar va ularning uy manzillari ro’yxatini shakllantirish (5 kun);

–                  11-22 noyabr kunlari – aholini ro’yxatga olish varag’i shakllari asosida uyma-uy yurib aholini ro’yxatga olish (12 kun);

–                  23-25 noyabr kunlari – har bir hisob uchastkasidagi uy-joy manzillarining 10 foizini tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida o’rganish (3 kun).

Oltiariq tumani statistika bo’limi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat