Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ER UZUM, OSMON UZUM...

×

 2022-05-13 22:09:24    214

PDF yuklash
Chop etish


Ardoqli shoirimiz Erkin Vohidovning Oltiariqda o’tgan bolalik yillarini xotirlab, yozgan ajoyib bir she'ridagi “Er uzum, osmon uzum...” degan betakror satrlar bir o’qishdayoq esda qoladi. Bugun Qapchug’ayning bepoyon qir-adirliklarida 1000 gektar yerda barpo etilayotgan uzumzorning to’rt-besh yildan keyingi manzarasini tasavvur etib, ana shu satrlar xayolimda qayta-qayta jonlanmoqda.


Tumanimiz ahli dehqonchilikda juda ham mirishkor. Keyingi yillarda oltiariqliklar tadbirkorlikda ham quvonarli yutuqlarga erishmoqda. 

  Bugun tarixiy voqelikka keksa avlod vakili sifatida men ham amin bo’ldim. Davlatimiz rahbari mazkur tokzorlarga tashrif buyurib, olib borilgan keng ko’lamli ishlar bilan tanishdi. Samimiy va ko’tarinki ruhda bo’lib o’tgan suhbatlarda oltiariqliklarning uzumchilikdagi katta tajribasi alohida e'tirof etildi. Shuningdek, kelgusida bu yerda eksportbop va xaridorgir uzumlar yetishtirilishiga ishonch bildirildi.

Albatta, yoshlar bandligini ta'minlash, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi bu kabi xayrli ishlar yaqin kelajakda o’z samarasini berib, bu kengliklarda oftobning zarrin nurlaridan tilni yorar darajada totli bo’lib yetilgan uzumlar jahon bozorini zabt etadi.

Komiljon PARMONOV,

mehnat faxriysi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat