Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

INNOVATSION IZLANISHLAR SAMARASI

×

 2023-05-24 15:52:52    149

PDF yuklash
Chop etish



Ma'lumki, global iqlim o’zgarishlari fonida markaziy osiyo mintaqasi eng tez cho’llashayotgan mintaqadir. Ushbu vaziyat bizni iloji boricha tezroq suvni tejovchi texnologiyalarga o’tishimizni taqazo qilmoqda. 

Oltiariq tumanida yosh tadbirkor Abdurashid Isoqov tashkil qilingan “Agro E’tibor” mchj mahsulotlari aynan barg orqali va tomchilab sug’orish texnologilari uchun qo’l keladi. Mahsulotdan foydalanilganda o’g’itni yer orqali berishga nisbatan kamida 10 barobar kam harajat bilan yaxshiroq natija olish mumkin.

Korxonaning rivojlanish dasturida mineral o’g’itlarni suvda 100% eruvchan shaklda qayta ishlash texnologiyalarini joriy qilish orqali suvda eruvchan fosfor, kaliy va rux kabi moddalarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yilmoqda va bu orqali O’zbekiston hududiga deyarli import shaklda kiruvchi mahsulotlarni mahalliylashtirish va mahsulo tannarhini arzonlashtishga erishiladi.

Oltiariq tumani hokimligi tomonidan mazkur innovatsion g’oyanqo’llab-quvvatlanib, 304mln so’m miqdorida subsidiya ajratildi. Ko’rsatilgan yordam orqali kunlik 700-800kg ishlab chiqarish quvvatini 10 tonnaga chiqargan tadbirkor faoliyati yanada rivojlanmoqda. Tovar aylanmasi yil boshidan beri 3mlrd so’mdan oshdi. Sakkiz nafar fuqaro doimiy ish bn ta'minlandi.

Oltiariq tuman hokimligi axborot xizmati