Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JURNALISTLARGA EHTIROM KO’RSATILDI
2022-06-27 18:36:41 246
Oltiariq tumani hokimligi tomonidan 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami keng nishonlandi
Tadbirga viloyat va tuman ommaviy axborot vositalari xodimlari, faxriy jurnalistlar, blogerlar, ijtimoiy tarmoqlar faollari taklif etildi.
Tantanada tuman hokimi Sh.Turdaliyev ishtirok etib, bugungi kunda matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, ayniqsa, jurnalist va blogerlarning qadr-qimmati yuksalayotgani hamda ular hamisha jamiyat taraqqiyotining ko’zgusi, kishilarning ongi, dunyoqarashining shakllanishida asosiy vositalardan biri bo’lib kelayotganini ta'kidladi.
– Har qanday murakkab sharoitda ham xalq orasida yurib, odamlarni qiynayotgan muammolarni dadillik bilan ko’tarib chiqqan, ularni bartaraf etish uchun jamoatchilik fikrini shakllantirgan siz, matbuot ahlining fidokorona mehnatingizni yaxshi bilamiz va qadrlaymiz, – dedi tuman hokimi.
Bayram kechasida tumanni ijtimoiy-ma'naviy yuksaltirish ishiga qo’shgan salmoqli hissasi, jamiyat hayotidagi, so’z va matbuot erkinligini rivojlantirishdagi faolligi, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlashdagi tashabbuskorligi uchun hamda 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar tuman hokimining tashakkurnomalari hamda sovg’alari bilan taqdirlandilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat