Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JURNALISTLARGA EHTIROM KO’RSATILDI

×

 2022-06-27 18:36:41    166

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumani hokimligi tomonidan 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami keng nishonlandi


Tadbirga viloyat va tuman ommaviy axborot vositalari xodimlari, faxriy jurnalistlar, blogerlar, ijtimoiy tarmoqlar faollari taklif etildi.

Tantanada tuman hokimi Sh.Turdaliyev ishtirok etib, bugungi kunda matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, ayniqsa, jurnalist va blogerlarning qadr-qimmati yuksalayotgani hamda ular hamisha jamiyat taraqqiyotining ko’zgusi, kishilarning ongi, dunyoqarashining shakllanishida asosiy vositalardan biri bo’lib kelayotganini ta'kidladi.

–                  Har qanday murakkab sharoitda ham xalq orasida yurib, odamlarni qiynayotgan muammolarni dadillik bilan ko’tarib chiqqan, ularni bartaraf etish uchun jamoatchilik fikrini shakllantirgan siz, matbuot ahlining fidokorona mehnatingizni yaxshi bilamiz va qadrlaymiz, – dedi tuman hokimi.

Bayram kechasida tumanni ijtimoiy-ma'naviy yuksaltirish ishiga qo’shgan salmoqli hissasi, jamiyat hayotidagi, so’z va matbuot erkinligini rivojlantirishdagi faolligi, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlashdagi tashabbuskorligi uchun hamda 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar tuman hokimining tashakkurnomalari hamda sovg’alari bilan taqdirlandilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat