Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLA FUQAROLAR YIG’INLARI RAISLIGIGA SAYLOVLAR YAKUNLANDI

×

 2022-05-27 18:24:29    268

PDF yuklash
Chop etish


Ma'lumki, O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) saylovi to’g’risida”gi Qonuni, 2022 yil 16 martdagi Oliy Majlis Senati Kengashining “Fuqarolar yig’inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, tumanda har bir mahalla fuqarolar yig’inlarida saylovlarni o’tkazishga qizg’in tayyorgarlik ko’rildi.


Saylovga tayyorgarlik jarayonida tuzilgan Ishchi guruhi tomonidan hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikri inobatga olingan holda, raislik lavozimiga oliy ma'lumotga ega, bevosita saylovga qadar kamida besh yil tegishli hududda doimiy yashayotgan, tashkilotchilik qobiliyatiga, davlat organlarida yoki nodavlat notijorat tashkilotlarida yoxud tadbirkorlik va boshqa xo’jalik faoliyati sohasida ish, hayotiy tajribaga va aholi o’rtasida obro’-e'tiborga ega bo’lgan shaxslar nomzod qilib ko’rsatildi.


Saylovlarda nomzodlar barchani o’z dasturi bilan tanishtirdi. Shundan so’ng, O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) saylovi to’g’risida”gi Qonunining 20-moddasiga ko’ra, fuqarolar yig’ini raisini saylash yashirin ovoz berish orqali amalga oshirildi.

 O’tkazilgan saylovda 72 nafar mahalla raisi saylandi. Ularning 17 nafari amalda raislik vazifasini bajarib kelgan va 55 nafari yangi mahalla raislaridir.

Bugun tuman hokimligida o’tkazilgan yig’ilishda tuman hokimi tomonidan mahalla raislarining kelgusi ishlariga omad va zafarlar tilandi. Shuningdek, ular mahallalar rivojiga katta hissa qo’shishlariga ishonch bildirildi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat