Shrift o'lchami Rang Rasm

Ижтимоий тармоқлар

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YURTIMIZ BO’YLAB SO’NGGI QO’NG’IROQ SADOLARI JARANG SOCHDI

×

 2022-05-25 12:16:58    245

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda yana bir o’quv yili tugab, umumta'lim maktablarida so’nggi qo’ng’iroq sadolari jarangladi. Bitiruvchi o’g’il-qizlarga 11 yillik qadrdon maskanlari, ota-onasidek aziz va qadrli bo’lib qolgan ustozlari, sinfdoshlari bilan xayrlashish oson emas. Bugun har bir bitiruvchining ko’zida ham sevinch, ham ayriliq yoshlari...


Ular jonajon maktabi bag’ridan uchirma bo’lib, katta hayot ostonasiga qadam qo’ymoqda. Oltiariq tumanidagi barcha ta'lim muassasalarida dillarga o’zgacha shukuh, qalblarga olam-olam hayajon soladigan, bir umr esda qoladigan “So’nggi qo’ng’iroq” tadbirlari bo’lib o’tdi. 

Ana shunday tadbirlardan biri tumanimizdagi 24-umumta'lim maktabida tashkil etildi. Maktab bitiruvchilariga davlatimiz rahbarining yo’llagan tabrigi ular qalbida unutilmas taassurotlarga boy va yodda qolarli bo’ldi.

Oltiariq tumani hokimi Sh.Turdaliyev mazkur ta'lim maskanida o’tkazilgan "So’nggi qo’ng’iroq" tadbirida ishtirok etib, Prezidentimizning bitiruvchilarga yo’llagan tabrigini o’qib eshittirdi. Ular bilan suhbatlashib, yigit-qizlarning orzu-niyatlari, maqsadlari bilan tanishdi.


Shuningdek, bir guruh o’qituvchi va o’quvchilarga tuman hokimining faxriy yorliq va tashakkurnomalari topshirildi.

Tadbirda ishtirok etgan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ota-onalar va o’qituvchilar ham bitiruvchilarni tabriklab, ularga kelgusi ish va o’qishlariga omad va zafarlar tiladilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat