Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IKKINCHI JAHON URUSHI QATNASHCHILARIGA PREZIDENT SOVG’ALARI TOPSHIRILDI
2022-05-08 19:29:09 227
Har yili mamlakatimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanadi. Bayram munosabati bilan urush faxriylari xonadonlariga borilib, holidan xabar olinadi, sovg’a salomlar topshiriladi. Ayniqsa, urush qatnashchilarining boshidan o’tkazgan qonli janglar haqidagi hikoyalari kishida o’zgacha taassurot qoldiradi.
Oltiariq tumani hokimi Shamsiddin Turdaliyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari To’lanboy ota Shokirov, Abdusalom ota Nuriddinov hamda Qahhorjon ota Ma'rupovlarning xonadonida bo’lib, Prezidentimizning 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ularga yo’llagan tabrigini o’qib eshittirdi. Davlatimiz rahbarining qimmatbaho sovg’asi va 15 million so’mlik bir martalik pul mukofotlarini tantanali topshirdi.
Bayram munosabati bilan urush faxriylarining xonadonida tashkil etilgan tadbirlarda sektorlar rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar, mahalla faollari, yoshlar ishtirok etdi.
– Hech qachon urush bo’lmasin, – deydi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Abdusalom ota Nuriddinov. – Mana necha yildirki o’sha mudxish kunlarni eslayman. Qanchadan qancha do’stlarim qurbon bo’ldi. Bugun esa rohat-farog’atda umrguzaronlik qilayapman. Ilohim yurtimizga ko’z tegmasin.
Ikkinchi jahon urushida qon kechib, tinchlik uchun kurashgan va urushdan keyin yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo’shgan Ikkinchi jahon urushining tirik afsonalariga uzoq umr, mustahkam sog’lik tilandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat